AsosiyJamiyat

Navro`z bayrami va dam olish sanalarida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

'Navro`z bayrami va dam olish sanalarida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi'ning rasmi

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga ko`ra, Navro`z umumxalq bayrami munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart), olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun (19-22 mart) ketma-ket dam oladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatadi:

  •  1257 ta ko`p tarmoqli va oilaviy poliklinika,
  •  1080 ta oilaviy shifokor punkti,
  •  1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
  •  tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
  •  ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,  
  •  tibbiyot oliy o`quv yurtlari klinikalari.

 

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo`limi hamda tumanlararo qo`shma shikastlanishlar va o`tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.  

Yurtimiz bo`yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo`ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko`rsatadi.

Bundan tashqari, 227 ta tug`uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.  

 Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.  

Sog`liqni saqlash vazirligi bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga o`z minnatdorligini bildiradi.

 

    Boshqa yangiliklar