Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o`rinbosari Umidjon Jumagaldiev baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 17 mart kuni Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o`rinbosari, tuman Investisiyalar, sanoat va savdo bo`limi boshlig`i Umidjon Usmonboevich Jumagaldiev baxtsiz voqea oqibatida olamdan o`tgan.
Umidjon Jumagaldiev 1990 yilda Gurlan tumani Xazorasp qishlog`ida tug`ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2021 yilda tuman hokimi o`rinbosari etib tayinlangan. Marhumning 3 nafar voyaga etmagan farzandlari bor.






