AsosiyJamiyat

“Men doim gender zo`ravonlikning sabablarini tushunishga, izlashga harakat qilaman” — Saida Mirziyoeva

'“Men doim gender zo`ravonlikning sabablarini tushunishga, izlashga harakat qilaman” — Saida Mirziyoeva'ning rasmi

Prezident administrasiyasining Kommunikasiyalar va axborot siyosati bo`yicha sho`ba mudiri Saida Mirziyoeva BMT Taraqqiyot dasturining O`zbekistondagi doimiy vakili bilan oilalardagi zo`ravonlikning oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi yuzasidan suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida oilalardagi zo`ravonlikni kriminallashtirish va bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan, hozirda Oliy Majlis muhokamasida bo`lgan tegishli qonun loyihasi borasida o`zaro fikr almashilgan. Shuningdek, Saida Mirziyoeva vakilga oilaviy zo`ravonlikning oqibatlari emas, aksincha sabablari bilan kurashish zarurligi borasidagi mulohazalari bilan bo`lishgan. 

Uchrashuvda, shuningdek, xotin-qizlarning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratish rejalari ham muhokama qilingan.

    Boshqa yangiliklar