O`zbekiston piyoz eksportiga kiritgan vaqtincha cheklovni bekor qildi.
Ma`lumki, piyoz narxining keskin o`sishi, aholining ichki iste`mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash maqsadida yurtimizda joriy yilning 1 apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o`rnatilgan edi.
Qishloq xo`jaligi vazirligining ma`lum qilinishicha, 2023 yil 15 martdan mamlakatimizda piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qo`yilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi.