AsosiyDunyo

Evropa Rossiyaga cheklovlarni chetlab o`tishga yordam berayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga sanksiya joriy etmoqchi

'Evropa Rossiyaga cheklovlarni chetlab o`tishga yordam berayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga sanksiya joriy etmoqchi'ning rasmi

Evroittifoq Rossiyaga savdo cheklovlarini chetlab o`tishda yordam berayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi sanksiya joriy etishi mumkin.

"Zamon.uz"ning "The Telegraph" nashri ma`lumotlariga tayanib xabar bericha,  EI rahbariyati Markaziy Osiyo davlatlaridan Rossiyaga turli tovarlar, birinchi navbatda ikki maqsadli mahsulotlar eksporti oshganini sezgan. Masalan, kir yuvish mashinalari va ishlatilgan avtomobillar sotuvi ko`paygan. Evropa amaldorlari bu kabi mahsulotlar RFga savdo cheklovlarini chetlab o`tishga yordam berishidan xavotirda.

Evroittifoq rahbarlari Markaziy Osiyo davlatlari vakillari bilan muzokara o`tkazish niyatida. Ular mintaqa davlatlarini sanksiyalarni chetlab o`tishga yordam berishning salbiy oqibatlaridan ogohlantirmoqchi. Agarda EI Moskvaga reeksport holatlari mavjudligini isbotlasa, Evropa bunga aloqador davlatlarga o`z bozoriga kirishni cheklaydi.

Qozog`iston 1 apreldan Rossiyaga eksportni real vaqt rejimida kuzatish tartibini joriy etishini ma`lum qilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar