1

Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari bo`lgan avtobus yonib ketdi, 20 kishi halok bo`ldi (video)

Dunyo 28.03.2023, 13:52
Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari bo`lgan avtobus yonib ketdi, 20 kishi halok bo`ldi (video)

Saudiya Arabistonida umra ziyoratchilari ketayotgan avtobus halokatga uchradi va yonib ketdi. Qisqa vaqt ichida avtobus olov ichida qoldi, deb yozmoqda OAV.

Ma`lum qilinishicha, Makkaga yo`l olgan avtobus Asher shahridafalokatga uchragan. Hodisa oqibatida 20 kishi halok bo`lib, 29 kishi tan jarohati olgan.

Voqea joyiga ko`plab tez yordam va o`t o`chiruvchilar jo`natildi, jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga etkazildi.

Ayrim OAV manbalarga tayanib, halokatga uchragan avtobusda Yamandan ziyoratchilar bo`lganini xabar qilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1