AsosiyJamiyat

⚡️ Chiroqchida qishloq oralab yurgan yovvoyi ayiq ayni paytda qaerda ekani ma`lum qilindi

'⚡️ Chiroqchida qishloq oralab yurgan yovvoyi ayiq ayni paytda qaerda ekani ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugun, 5 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Yashnobod mahallasi hududiga O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qo`ng`ir ayiq tushib kelganligi to`g`risida xabar qilingan edi. Ayiq, maktab binosiga kirishga ham uringan

Hozirda ushbu ayiq tumanning Yashnabod MFY Beshchashma hududidan oqib o`tuvchi Qumdaryo daryosiga yaqin hududdagi jarlikda hosil bo`lgan g`or ichiga kirib olgan. Bu haqda Tabiat resurslari matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu hudud Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman hokimligi mutasaddilari, tuman ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar bo`limlari xodimlari tomonidan muhofazaga olinib, aholi va qo`ng`ir ayiqning xavfsizligi ta`minlanmoqda.

Mazkur hududga vaziyatni bartaraf etish maqsadida Toshkent hayvonot bog`i mutaxassislaridan iborat guruh jalb qilingan.

"Takidlash, joyizki ayiq bilan bog`liq vaziyatda hech kimga zarar etmagan. Holat bo`yicha Tabiat resurslari vazirligining rasmiy sahifalarida qo`shimcha ma`lumot beriladi", - deyilgan xabarda. 

Boshqa yangiliklar