AsosiyJinoyat

Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 erkak zo`rlagani, ularning 3 nafari hibsga olingani aytilmoqda

'Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 erkak zo`rlagani, ularning 3 nafari hibsga olingani aytilmoqda'ning rasmi

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 2022 yil avgust oyida 11 erkak 2006 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan qizni zo`rlagan bo`lishi mumkin. "kun.uz"ning yozishicha, bu haqda bloger Nikita Makarenko 1 aprel kuni post qoldirgan. 

"Aftidan pedofillar tarmog`ini fosh etish uchun Toshkentdan Xorazmga maxsus guruhni yuborish kerak shekilli. O`quvchimning yozishicha, mahalliy IIB bilan aloqador odamlar jiyanini zo`rlagan. U o`z ismi sharifini oshkor etilishini istamadi, ammo telefon raqamlarini Toshkentdagi huquq-tartibot idoralariga etkazishga ruxsat berdi", deb yozgan u.

Shundan so`ng, 4 aprel kuni bloger 11 kishidan 3 kishi hibsga olingani, bunga bolalar ombudsmani Aliya Yunusova yordam bergani haqida yozdi. 

"Bolalar ombudsmani Aliya Yunusovaga rahmat. U ushbu postga javob qaytargan va Xorazm viloyatidagi zo`rlash qurboni bo`lgan voyaga etmagan qizni himoya qilishni istagan yagona shaxsdir. Qolganlarning hammasi jim. U Urganchga jo`nab ketdi va jabrlanuvchining xolasi aytganidek, bugun zo`rlashda ishtirok etgan 11 kishidan 3 nafari hibsga olindi", deb yozdi Makarenko.

Qizning xolasi bundan xursand bo`lgan va "Quvonchimizning chegarasi yo`q. 8 oy davomida hech kim bizga e`tibor bermagan edi", degan. 

Holat yuzasidan rasmiy izoh berilmadi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Xorazmda Adliya va FVB boshliqlari mexribonlik uyining 15-16-17 yoshli qizlarini 10 oy davomida zo`rlab kelgani xabar qilingan edi. 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar