1

AQSh O`zbekistonga tibbiyotni rivojlantirish uchun investisiya kiritadi

Salomatlik 12.05.2023, 20:08
AQSh O`zbekistonga tibbiyotni rivojlantirish uchun investisiya kiritadi

CCB: AQSh bilan tibbiyot sohasida investisiyaviy hamkorlik kengayadi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegasiya Qo`shma Shtatlarga safari doirasida AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)ning Global sog`liqni saqlash ma`muriyati mas`ullari bilan muloqot qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, USAID bilan uzoq muddatli hamkorlik natijasida mamlakatimizda sil kasalligini videotasvir yordamida davolash va quyosh energiyasi, sun`iy intellekt bilan jihozlangan, mobil rentgen nurlari kabi innovasion yondashuvlarni qo`llashga erishildi.

Mazkur xayrli tashabbuslar hatto eng olis va chekka hududlarimizda ham silga qarshi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirdi.

Binobarin, Agentlik pandemiya davrida “S0VAX” dasturi bo`yicha O`zbekistonga 9,6 million doza Pfizer va Moderna vaksinalari etkazib berilishida ko`maklashdi. O`z navbatida, USAID bilan farmasevtika sohasida ham aloqalar mustahkamlanmoqda.

Muloqotda O`zbekistonda tibbiyot sohasidagi hamkorlikning sarmoyaviy paketini kengaytirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish bo`yicha hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1