AsosiyDunyo

Yozuvchi Elizabet Jan Kerroll Trampdan yana pul talab qilmoqda

'Yozuvchi Elizabet Jan Kerroll Trampdan yana pul talab qilmoqda'ning rasmi

Yozuvchi Elizabet Jan Kerroll AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi ikkinchi bor sudga murojaat qildi. Ayol undan 10 million dollar to`lashni talab qilmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Oy boshida Tramp yozuvchining da`vosiga ko`ra jinsiy zo`ravonlik va tuhmatda aybdor deb topilgan edi. Sud qaroriga ko`ra, sobiq prezident Kerrollga besh million dollar to`lashi kerak.

Hukm chiqarilgan kunning ertasiga Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida da`vogarga nisbatan “xo`rlovchi gaplar” aytgan. Trampning so`zlariga ko`ra, u bu ayol bilan hech qachon uchrashmagan va Kerroll uning didiga mos kelmaydi. Shuning uchun jinsiy zo`ravonlik qilishi mumkin emas.

Natijada Kerroll yana AQShning sobiq prezidentini haqorat deb bilgan bu so`zlari uchun sudga berishga qaror qildi.

Avvalroq Tramp yozuvchi Elizabet Kerrollga nisbatan tazyiqlar bo`yicha hakamlar hay`ati hukmidan so`ng uning reytingi oshganini aytgan edi.

    Boshqa yangiliklar