AsosiyJAMIYAT

Toshkentda uyida ko‘knori yetishtirgan fuqaro ushlandi

Mazkur holat yuzasidan daliliy ashyolar belgilangan tartibda ekspertizaga yuborilgan va hozirda qonuniy chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

'Toshkentda uyida ko‘knori yetishtirgan fuqaro ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahri Olmazor tumanida xonadonlardan birida ko‘knoriga o‘xshash o‘simliklarni noqonuniy ravishda yetishtirgan fuqaro qo‘lga olindi. Holat “Qoradori-2026” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida aniqlangan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB, Olmazor tumani ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati hamda tuman prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida navbatdagi giyohvandlik bilan bog‘liq holat fosh etilgan.

Olmazor tumanidagi xonadonlardan biri ko‘zdan kechirilganda, tomorqa yer maydonida 160 tup, balandligi 20 santimetrdan 1,5 metrgacha bo‘lgan ko‘knoriga o‘xshash o‘simliklar parvarishlab kelinayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan daliliy ash’yolar belgilangan tartibda ekspertizaga yuborilgan va hozirda qonuniy chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar