Yakkasaroy tumanida avtobus urib ketgan fuqaro vafot etdi. Bu haqda IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 19 iyul kuni soat 17.00 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko`chasida 1988 yilda tug`ilgan A.D. davlat raqami belgisi 01 492 LKA bo`lgan Yutong rusumli avtobusini boshqarib ketayotib, yo`lning belgilanmagan qismidan kesib o`tayotgan piyoda 1972 yilda tug`ilgan G`.K.ni urib yuborgan.
YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa`y-harakatlariga qaramasdan G`.K. vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.






