2023 yil 20 iyul kuni Farg`ona shahar Yangi Asr ko`chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo`rlash va qotillik alomatlari bilan topildi.
Bosh prokuratura holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97- (Qasddan odam o`ldirish), 118- (Nomusga tegish) va 119- (Jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Tergov davomida ushbu jinoyat sodir etishda gumonlayotgan shaxs (2006 y.t.) aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.
Voqea sodir bo`lgan kuni gumonlanuvchining yonida bo`lgan ikki nafar sherikning ushbu jinoyatga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.
Sodir etilgan qilmish jinsiy jinoyatlar toifasiga tegishli bo`lganligi sababli boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.