AsosiyJinoyat

Samarqandda 45 yoshli erkak 15 oy davomida 10 yoshli jiyaniga jinsiy zo`ravonlik qilib kelgani ma`lum bo`ldi

'Samarqandda 45 yoshli erkak 15 oy davomida 10 yoshli jiyaniga jinsiy zo`ravonlik qilib kelgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Bu haqda ”Ne molchi” loyihasi xabar berdi.

Aniqlanishicha,  Samarqand viloyati tumanlaridan birida 2013 yilda tug`ilgan qiz 2022 yilning fevral oyidan 2023 yilning iyun oyigacha o`z tog`asi tomonidan zo`ravonlikka uchragan. 

Dastlabki tergov hujjatlariga ko`ra, 1978 yilda tug`ilgan N.T. qizga zo`rlik ishlatgan va qo`rqitib kelgan. Unga yalang`och holatda jinsiy a`zolarini ko`rsatib, uni ham echintirib jinsiy aloqa qilishga undagan.

Erkakka nisbatan JKning 129-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Unga ko`ra, 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi ko`zda tutilgan. Ayni paytda erkak hibsga olingan.

    Boshqa yangiliklar