Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida qurilish ishlari munosabati bilan ko`p sonli daraxt va butalarning kesilayotgani haqida xabartar qalgandi.
Ekologik partiya markaziy kengashi Ijroiya qo`mitasi raisi Abdushukur Xamzaev boshchiligidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlari, olim va mutaxassilardan iborat ishchi guruh Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida daraxt kesilishi bilan bog`liq holatni o`rganish bo`yicha hududga bordi.
Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati xududida 21,8 mingta, Buxoro viloyati hududida 28,9 mingta, qariyib 51 ming tupga yaqin ko`p yillik manzarali daraxtlar loyiha doirasida ko`chirib o`tkazish va kesishga tushgan.
Qayd etilishicha, ishchi guruh tomonidan O`zbekistondagi bugungi ekologik holat inobatga olinib hamda jamoatchilikning haqli e`tirozlariga sabab bo`lgan ushbu loyihani soha mutahassislari ishtirokida o`zgartirish va daraxtlarga zarar etkazmaslik bo`yicha mazkur avtomobil yo`lini rekonstruksiya qilayotgan pudratchi tashkilot mutasaddilari takliflar berilgan.






