Bugun bloger Abduqodir Mo`minov ishi bo`yicha navbatdagi sud majlisi bo`lib o`tdi. Ushbu sud jarayonida darakchi.uz' muxbiri ham qatnashdi.
Muxbirning xabar berishicha, bloger Abduqodir Mo`minovga 7 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek 3 yil jurnalistik faoliyatni cheklash jazosi tayinlandi.
Eslatib o`tamiz:
2023 yilning fevralida Jinoyat kodeksining 2 moddasi bilan ayblanib, prosessual tartibda ushlangan bloger Abduqodir Mo`minov ishi bo`yicha ilk sud majlisi 25 iyul kuni bo`lib o`tgan edi.
Shundan so`ng, 27 iyul kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudida hukumat tanqidchisi, “Ko’zgu” kanali muallifi Abduqodir Mo`minov ishi bo`yicha ikkinchi sud majlisi bo`lib o`tgan edi.
O`sha sud davomida jami 6 ta ish bo`yicha 8 nafar jabrlanuvchi va 5 nafar guvoh so`zga chiqilgandi.
Prokuror Abduqodir Mo`minovni uzil-kesil 11 yilga qamashni so`ragan edi.