Donald Trump olib borayotgan migratsiya siyosati oqibatida 145 ming nafardan ortiq bola ota-onasidan ajralgan. Bu haqda Vashingtondagi "Brookings Institution tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga tayanib xabar berildi.
Tadqiqotda qayd etilishicha, 2025 yil yanvaridan 2026 yil apreligacha AQSh Migratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari tomonidan taxminan 400 ming nafar kishi qo‘lga olingan.
Bu jarayonlar jami 205 ming nafar bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Ular orasida otasi yoki onasi (yoxud har ikkisi) ushlangan 146 635 nafar AQSh fuqarosi ham borligi aytilmoqda.
Shuningdek, hisobotda 22 ming nafar bolaning ota-onasi har ikkisi ham hibsga olingan holatlar qayd etilgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mazkur holatlar ijtimoiy va psixologik oqibatlarni kuchaytirib, migratsiya siyosati atrofidagi bahslarni yanada keskinlashtirishi mumkin.






