AsosiyJamiyat

Toshkentda begona qizga hujum qilgan erkak qidiri

'Toshkentda begona qizga hujum qilgan erkak qidiri'ning rasmi

Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qildi. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, qiz o`z pod`ezdiga kirib ketayotganida noma`lum yigit unga orqadan hujum qilgan, qiz esa holatdan dahshatga tushib qichqirgan. Baland ovozlarni eshitgan qo`shni uydagilar yugurib chiqqan vaqtda yigit qochib ketgan. 

“Erkak qizning orqasidan kelib, uni quchoqlagan, qiz qo`rqib ketgan va sumka bilan urgan, shundan so`ng noma`lum shaxs qochib ketgan”, deyiladi xabarda.

Mazkur xabarni Toshkent shahri IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. Gumondor erkak qidirlimoqda.

    Boshqa yangiliklar