AsosiyJinoyat

Farg`ondagi choyxonada 25 yoshli yigitni pichoqlab o`ldirgan shaxs topildi

'Farg`ondagi choyxonada 25 yoshli yigitni pichoqlab o`ldirgan shaxs topildi'ning rasmi

Bundan bir necha oy avval, 21 iyun kuni Dang`ara tumanidagi “Marokash” nomli choyxonasida qotillik yuz bergan edi. Unda 25 yoshli yigit pichoqlab o`ldirilgan. 

Voqea tafsilotlariga ko`ra, O.Z. Dang`ara tumanidagi “Marokash” nomli choyxonada o`rtoqlari bilan o`tirgan vaqtida, 1998 yilda Qo`qon shahrida tug`ilgan J.U. bir nechta tanishlari  bilan choyxonaga kelib, fuqaro O.Z.ni o`zlari turgan joyga chaqirib, o`zaro gap talashib janjallashib, yonida bo`lgan o`tkir tig`li jism bilan O.Z.ning o`ng ko`krak qafasiga urib, tan jarohati etkazgan. Natijada O.Z tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Dang`ara tuman prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, J.U.ga nisbatan qidiruv e`lon qilingan edi.

Ayni paytda Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmatining "darakchi.uz"ga xabar berishicha, Qo`qon shahridagi tozalash maxsus-profilaktik tadbirlari doirasida viloyat IIB hamda DXX xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda J.U. qo`lga olinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi.

Qayd etilishicha, yuqoridagi shaxsning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilib, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi ta`minlanadi. 
 

 

    Boshqa yangiliklar