AsosiyJinoyat

Toshkentda soxta uy-joy oldi-sotdi shartnomalari orqali 4 mlrd so`m mablag` talon-toroj qilingani aniqlandi

'Toshkentda soxta uy-joy oldi-sotdi shartnomalari orqali 4 mlrd so`m mablag` talon-toroj qilingani aniqlandi'ning rasmi

Internet saytlarda Toshkent shahridagi Yashnobod tumanidagi uy-joy bilan bog`liq firibgarlik sodir qilinganligi haqidagi maqola  e`lon bu qilingan edi.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, ko`rsatilgan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazildi.

Aniqlanishicha, "Z.G." MChJ rahbari A.A. xonadon sotib olish istagini bildirgan 23 nafar fuqarolar bilan soxta oldi-sotdi shartnomalari tuzib, fuqarolarning jami 4 mlrd. so`mdan ortiq pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, qurilishni tugatmasdan, xonadonlarni fuqarolarga rasmiylashtirib bermasdan, o`zganing juda ko`p miqdordagi pul mablag`larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organiga yuborildi.
 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar