AsosiyJinoyat

7 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga joylab qo`ymoqchi bo`lgan ayol qo`lga tushdi

'7 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga joylab qo`ymoqchi bo`lgan ayol qo`lga tushdi'ning rasmi

Qarshi shahridagi ta`lim muassasalarining birida ombor mudiri sifatida faoliyat yurutuvchi 41 yoshli X.M. (ayol) firibgarlik jinoyati ustida qo`lga tushdi. U o`zining yuqoridagi tanishlari orqali fuqaro T.B ning o`g`lini 7 ming AQSh dollari evaziga Milliy gvardiyaga ishga olib kirib qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 15 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. oldindan kelishilgan pulning 5000 AQSh dollarini fuqaro T.B dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Hozirla mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi va 28-modda orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar