AsosiyDunyo

Erdo`g`on Qorabog` Ozarbayjon tuprog`i ekanligini takrorladi (video)

'Erdo`g`on Qorabog` Ozarbayjon tuprog`i ekanligini takrorladi (video)'ning rasmi

Erdo`g`on BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida Qorabog` Ozarbayjon tuprog`i ekanligini takrorladi.

Shuningdek u Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini himoya qilish va u bilan birga bo`lish yo`lidagi qadamlarni qo`llab-quvvatlashini ma`lum qilgan.

Bugun Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston tomonidan mamlakat hududlarining navbatdagi o`qqa tutilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek,  Qorabog`dagi mojaroning kuchayishi fonida yuzlab odamlar Armanistondagi  hukumat binosiga yig`ilib, bosh vazir Pashinyan siyosatiga qarshi bosh ko`tarishdi.  Ma`lum qilinishicha, namoyishchilar Armaniston parlamenti binosiga bostirib kirishga urinishgan. Ular orasida hukumatni ag`darish tarafdorlari ham bor. 

    Boshqa yangiliklar