1

Buxoroda hokim yordamchisi korrupsiya bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 20.09.2023, 15:33
Buxoroda hokim yordamchisi korrupsiya bilan qo`lga tushdi

Buxoro shahar “Abu Ali ibn Sino” mahalla fuqarolar yig`inidagi hokim yordamchisi fuqarolarga berilgan imtiyozli kreditlar ajratishdagi maxsus vakolatidan mansab mavqeini suiiste`mol qilish yo`li bilan kredit mablag`larini o`zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

U “Abu Ali ibn Sino” mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashamaydigan va faoliyat ko`rsatmaydigan fuqarolar M.H, J.A, N.G`, M.A va A.M lar nomiga mototransport vositasi hamda ichimlik suvini qayta ishlash apparatini sotib olish uchun 33 million so`mdan, jami 163 million so`mlik imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ularni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilgan.

Hokim yordamchisiga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot  chorasi qo`llanildi.  Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1