AsosiyJamiyat

Qo`qondagi xonadonda ham portlash sodir bo`ldi. 7 nafar odam jarohatlangan

'Qo`qondagi xonadonda ham portlash sodir bo`ldi. 7 nafar odam jarohatlangan'ning rasmi

Farg`ondagi xonadonlardan birida gazdan portlash sodir bo`ldi. Bu haqda "darakchi.uz" manbasi xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 27 sentyabr kuni soat 07:38larda Qo`qon shahar, Oloy kuchasidagi xonadonda gazdan portlash sodir bo`lgan.

Hodisa natijasida 7 nafar odam kuyish jarohatlari bilan shahar shoshilinch tibbiy markaziga olib ketilgan. Jarohatlanganlarning 4 nafari bolalar va bir nafari chaqaloq bo`lgan. 

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan bojxona omborxonasida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Ayni paytga qadar berilgan ma`lumotlarga ko`ra, portlash va yong`in oqibatida jarohatlanganlar bor, qurbonlar haqida ma`lumot yo`q, hududddagi qator xonadonlar va boshqa ob`ektlar jiddiy zararlangan. Toshkent hokimi portlashdan talofat ko`rgan uylarning zarari qoplab berilishini ma`lum qildi

Ayni paytda yong`in maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda. Voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa mas`ullar etib borgan.

    Boshqa yangiliklar