AsosiyJamiyat

Portlash sabab Toshkentdagi er usti metro bekati shikastlandi

'Portlash sabab Toshkentdagi er usti metro bekati shikastlandi'ning rasmi

Sergelidagi portlash sabab Toshkentdagi er usti metro bekati engil shikastlagan, deya xabar bermoqda "Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati.   

Ma`lum qilinishicha, yong`in sodir bo`lgan hududga yaqin bo`lgan metropolitenning Er usti halqa yo`lining "Quruvchilar" bekatining me`moriy qismini engil shikastlagan, ammo bu holat yo`lovchi va poezdlarning harakatiga ta`sir ko`rsatmagan.  

Barcha metro bekatlarida poezdlar harakati belgilangan jadval asosida olib borilmoqda. 

Eslatib o`tamiz, bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan bojxona omborxonasida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Ayni paytga qadar berilgan ma`lumotlarga ko`ra, portlash va yong`in oqibatida jarohatlanganlar bor, qurbonlar haqida ma`lumot yo`q, hududddagi qator xonadonlar va boshqa ob`ektlar jiddiy zararlangan. Toshkent hokimi portlashdan talofat ko`rgan uylarning zarari qoplab berilishini ma`lum qildi

Ayni paytda yong`in maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda. Voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa mas`ullar etib borgan.

    Boshqa yangiliklar