AsosiyJamiyat

⚡️Portlash bo`yicha Prezident topshirig`iga asosan Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

'⚡️Portlash bo`yicha Prezident topshirig`iga asosan Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi'ning rasmi

Toshkent shahri Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonada sodir bo`lgan favqulodda hodisani o`rganish, ko`rilgan talofatlarni bartaraf etish va jabirlanganlarga yordam ko`rsatish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga asosan Bosh vazir o`rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibibi xabar qildi. 

Komissiya tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib boriladi.

Eslatib o`tamiz, bugun, 28 sentyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan bojxona omborxonasida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`ldi. Ayni paytga qadar berilgan ma`lumotlarga ko`ra, portlash va yong`in oqibatida jarohatlanganlar bor, qurbonlar haqida ma`lumot yo`q, hududddagi qator xonadonlar va boshqa ob`ektlar jiddiy zararlangan. Toshkent hokimi portlashdan talofat ko`rgan uylarning zarari qoplab berilishini ma`lum qildi

Ayni paytda yong`in maydoni, jabrlanuvchilar soni aniqlanmoqda. Voqea joyiga Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa mas`ullar etib borgan.

SSVning so`nggi ma`lumotiga ko`ra, portlash oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda.

    Boshqa yangiliklar