1

46 000 dollar evaziga AQShga jo`natishni va`da qilgan shaxs qo`lga tushdi

Jinoyat 06.10.2023, 14:15
46 000 dollar evaziga AQShga jo`natishni va`da qilgan shaxs qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro X.I. fuqarolar M.A., B.S. va A.A.ning ishonchiga kirib, ularni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Turkiya davlati orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga ishga yuborish evaziga 46 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Chilonzor tuman bo`limi xodimlari tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.R. fuqaro D.A.ga tanishlari yordamida Koreya davlatiga borish uchun viza olib berish va ishga yuborishi evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1