AsosiyJinoyat

Vodiyning yana ikki viloyatida aholiga ajratilgan ko`mirlarni talon-toroj qilgan ombor mudirlari ushlandi

'Vodiyning yana ikki viloyatida aholiga ajratilgan ko`mirlarni talon-toroj qilgan ombor mudirlari ushlandi'ning rasmi

Davlat tomonidan tarqatilayotgan ko`mirning aholiga etib borishi yuzasidan o`tkazilayotgan nazorat tadbirlarida Namangan va Farg`onada ham tonnalab ko`mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.  

Ma`lum qilinishicha, “Ko`mir ta`minot” mas`uliyati cheklangan jamiyatining Namangan viloyat filiali tasarrufidagi Uchqo`rg`on tumani ko`mir omborida o`tkazilgan surishtiruv jarayonida ushbu mahsulotning talon-toroj qilinishi bilan bog`liq holat aniqlangan.  

Unga ko`ra, Uchqo`rg`on tumani ko`mir ombor mudiri U.N. kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda tarqatishga mo`ljallangan 623,7 tonna ko`mirlarni talon-toroj qilib, mablag`larni o`z shaxsiy manfaatlari yo`lida ishlatib yuborgan. U.N. mazkur jinoyat ishi doirasida prosessual tartibda ushlan bo`lib, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.  

Bundan tashqari, Farg`ona viloyatining Buvayda tumanida sodir bo`lgan holatda ombor mudiri A.I. 413,8 million so`mlik 1 tonna 364,3 kilogramm ko`mirni go`yoki fuqarolar olganligi to`g`risida soxta ma`lumotlar tayyorlab, uni naqd pulga sotgani va pul mablag`larini o`z shaxsiy manfaatlari yo`lida sarflab yuborgani ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan ombor mudiriga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ushbu shaxs ham prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida 362,3 million so`mlik, Buloqboshi tumanida 178,3 million so`mlik, Jalaquduq tumanida esa 421,7 million so`mlik ko`mir talon-toroj qilingani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar