AsosiyJamiyat

G`aflatda qolgan Milliy gvardiya ommaviy tartibsizlikni bostirish usullarini o`rganmoqda (video)

'G`aflatda qolgan Milliy gvardiya  ommaviy tartibsizlikni bostirish usullarini o`rganmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Humo” arena majmuasi oldida Milliy gvardiya xodimlari fuqarolar bilan mashg`ulot o`tkazayotgani aks etgan video tarqaldi.

 Milliy gvardiya Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 7 dekabr kuni “Humo arena” muz saroyida ommaviy tadbirlarda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan 5 xil turdagi vaziyat bo`yicha o`quv mashg`uloti bo`lib o`tgan.

Milliy gvardiya, IIBB, Chilonzor tumani FVB, Sog`liqni saqlash bo`limi va muz saroy qo`riqlash xodimlari hamkorligida

Unda shartli ravishda yuzaga kelgan yong`in, tirbandlik va boshqa turdagi holatlarda Milliy gvardiya, IIBB, Chilonzor tumani FVB, Sog`liqni saqlash bo`limi va muz saroy qo`riqlash xodimlari tomonidan to`g`ri va aniq harakat qilish, vaziyat oqibatlarini o`z vaqtida bartaraf etish, fuqarolarni xavfsiz hududga evakuasiya qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish kabi harakatlar amaliy tarzda bajarilgan.

Eslatib o`tamiz, Jah Khalibning Toshkentda bo`lgan konsertiga bilet olgan muxlislar "Humo arena"ga kiritilmagani ortidan katta tartibsizlik yuzaga kelgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar