1

Toshkentda qimor o`yini tashkil qilgan shaxs qamaldi (video)

Jinoyat 09.12.2023, 11:37
Toshkentda qimor o`yini tashkil qilgan shaxs qamaldi (video)

Tezkor tadbirda Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan choyxonada bir guruh shaxslar qimor o`ynayotganliklari ma`lum bo`ldi. Bu DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda. 


Choyxonani ko`zdan kechirish jarayonida qimor o`yinlarida foydalaniladigan oshiq suyaklar, o`yin kartalari, plastik chashkalar, sochilgan holda yotgan 1800 AQSh dollari va 755 ming so`m ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Tadbir davomida qimor o`yini tashkilotchisi, Chilonzor tumanida yashovchi shaxs qo`lga olinib, u doimiy tarzda bu kabi o`yinlarni tashkil qilib kelgani ma`lum bo`ldi.

Holat yuzasidan bu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borildi.

2023 yilning oktyabr oyida jinoyat ishlari bo`yicha Sergeli tuman sudi tomonidan mazkur fuqaroga 4 yil-u 11 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1