1

Sirdaryoda AQShga yuborishni va`da qilgan firibgar qo`lga tushdi

Jinoyat 11.12.2023, 19:10
Sirdaryoda AQShga yuborishni va`da qilgan firibgar qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Yangier shahrida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro Yo.A. (muqaddam sudlangan) tanishi U.P. bilan o`zaro til biriktirib, fuqaro M.A.ni Amerika Qo`shma Shtatlariga borishi uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Turkiya va Meksika davlatlari orqali yuborishi evaziga U.P. 8 100 AQSh dollari va 1,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1