1

Toshkentda bir guruh jinoyatchilarning navbatdagi guruhi ushlandi

Jinoyat 11.12.2023, 21:12
Toshkentda bir guruh jinoyatchilarning navbatdagi guruhi ushlandi

Poytaxtda  “Dolzarb qirq kunligi” davomida giyohvandlik vositalari va kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalasiga chek qo`yildi. 

Joriy yilning 6 dekabr kuni Mirzo Ulug`bek tumanida 2001 yilda tug`ilgan Muxammadiev Sharifjon Shuhrat o`g`li boshqaruvidagi SPARK rusumli avtomashina xolislar ishtirokida tekshirilganda, 173 dona “Regapen” nomli hamda 160 dona “Amino-metil” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shu kuni Uchtepa tumanida 1994 yilda tug`ilgan Abdukayumov Xusniddin Shamsiddinovich boshqaruvidagi NEXIA-3 rusumli avtomashina to`xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda avtomashina salonidan 32 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, Chilonzor tumanida yashovchi 1984 yilda tug`ilgan Baxmatov Pavel Igorevichning xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda 150 gramm sintetik giyohvandlik vositasi, elektron tarozi, qadoqlashga mo`ljallangan paketlar hamda giyohvandlik vositalarini iste`mol qilishga mo`ljallangan turli vositalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

8 dekabr kuni Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanida 1982 yilda tug`ilgan Urinbaev Ikromiddin Muxamadalievich boshqaruvidagi COBALT rusumli avtomashina to`xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda 8 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

9 dekabr kuni Uchtepa tumanida 1996 yilda tug`ilgan Yunusov Temur Timurovich to`xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda yonidan 19 dona bo`laklarga qadoqlangan sintetik giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Barcha holatlar yuzasidan to`plangan hujjatlar o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqilishi uchun tergov bo`limiga taqdim etilgan. Tergov yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi. 

Eslatib o`tamiz, bundan avval ham Toshkent shahar IIBB tomonidan “Dolzarb qirq kunlik” doirasida o`tkazilayotgan tergov-tezkor harakatlar davomida yana bir nechta shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlangan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1