1

"Salimboy"ga qo`yilgan modda 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi

Jinoyat 12.12.2023, 21:23
"Salimboy"ga qo`yilgan modda 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi

"Salimboy" laqabi bilan tanilgan Salim Abduvalievga nisbatan Jinoyat kodeksi 248-modda 1-qismida (o`qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) nazarda tutilgan qilmishni sodir etishda gumonlanib, ushlangani xabar berilgan edi.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining birinchi o`rinbosari Doniyor Toshxo`jaev ma`lum qilishicha, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. 

Tergov organlari tomonidan mazkur ayblov JK 248-moddasi 2-qismiga (o`qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilishi) o`zgartirilibdi. Mazkur moddada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1