1

O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining Transport yo`laklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi mansabdori pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 19.12.2023, 19:33
O`zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining Transport yo`laklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi mansabdori pora bilan qo`lga tushdi

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining Transport yo`laklari va logistikani rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi M.M. xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaro A.T.ni aldab, uning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan AQSh elchixonasida ishlovchi tanishlari orqali viza-stiker olishiga va AQShga jo`nab ketishiga amaliy yordam berishini va`da kilgan. Ta`magarlik yo`li bilan 14.000 AQSh dollari pul mablag`larini talab qilgan. Bu haqda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida Samarqand shahri Kamollidin Bexzod MFYda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. o`zi talab qilgan pullardan bo`nak sifatida 10.000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.
    Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qing`ir yo`llar bilan xorijga chiqib, boyib ketishni ko`zlagan kimsalarning chet elda “oshig`i olchi bo`lishiga” hech kim kafolat bermaydi. Bunday insonlarga “yordam qo`lini cho`zayotgan” “saxovatpeshalar”ga esa, albatta, qonuniy chora ko`riladi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1