1

Forishda 17 ming dollarga AQShga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Jinoyat 19.12.2023, 21:27
Forishda 17 ming dollarga AQShga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar berdi.

Departamentning Forish tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro U.U.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 AQSh dollari evaziga AQShiga Meksika davlati orqali yuborishini aytib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1