AsosiyJamiyat

“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi sanasi ma`lum qilindi

'“UzAuto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi sanasi ma`lum qilindi'ning rasmi

XABARNOMA

Hurmatli aksiyadorlar!

“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashining 2023 yil 28 dekabrdagi bayonnomasiga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi 2024 yil 19 yanvar kuni soat 15:00da o`tkaziladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi aksiyadorlar umumiy yig`ilishlarini masofadan turib Internet tarmog`ida onlayn rejimda o`tkazishga mo`ljallangan “Elektron ovoz berish - eVOTE” (http://evote.uz/) elektron ovoz berish servisi orqali o`tkaziladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishini o`tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2024 yil 15 yanvar holatiga tuziladi. Ushbu sanada tuzilgan reestrga kiritilgan aksiyadorlar 2024 yil 19 yanvar kungi Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishida qatnashadilar.

Jamiyatning joylashgan eri (pochta manzili): Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko`chasi, 13-uy.

Jamiyatning elektron pochta manzili: info@uzautomotors.com

Kun tartibi:

1. “UzAuto Motors” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig`ilishi reglamentini tasdiqlash;

2. “UzAuto Motors” AJ taftish komissiyasi faoliyatini tugatish va nizomini bekor kilish;

3. “UzAuto Motors” AJ kuzatuv kengashi a`zolarining son miqdorini oshirish;

4. “UzAuto Motors” AJ ustavini yangi tahrirda tasdiqlash;

5. “UzAuto Motors” AJ “Kuzatuv kengashi to`g`risida”gi nizomini yangi tahrirda tasdiqlash;

6. “UzAuto Motors” AJ tashkiliy tuzilmasining yangi tahririni tasdiqlash;

7. “UzAuto Motors” AJ kuzatuv kengashi a`zolarini saylash;

8. “UzAuto Motors” AJ “Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a`zolariga haq va to`lovlar to`lash to`g`risida”gi nizomini bekor qilish va “Kuzatuv kengashi a`zolariga haq va to`lovlar to`lash to`g`risida” nizomini tasdiqlash.

Aksiyadorlarning umumiy yig`ilishida ko`rib chiqiladigan materiallar bilan aksiyadorlar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko`chasi, 13-uy manzilida joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida 2023 yil 29 dekabrdan 2024 yil 18 yanvargacha, ish kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar http://evote.uz/ internet saytining elektron ovoz berish servisi orqali yig`ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo`lgan aksiyadorlar ro`yhatiga kiritilganligi haqida elektron xabar olgan vaqtdan boshlab Aksiyadorlarning umumiy yig`ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorlar sifatida ro`yhatdan o`tgan deb hisoblanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig`ilishida elektron ovoz berish servisi orqali ishtirok etish qoidalari (shartlari) bilan http://evote.uz/ saytida tanishib chiqishingizni so`raymiz.

Telefon: 78 140-55-40 (3-1729#, 1731#, 1732#)

“UzAuto Motors” AJ Kuzatuv kengashi.

    Boshqa yangiliklar