AsosiyJamiyat

Toshkentda harakat vaqtida sigaret chekgan avtobus haydovchisi ishdan olindi (video)

'Toshkentda harakat vaqtida sigaret chekgan avtobus haydovchisi ishdan olindi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchisining harakat vaqtida tamaki chekayotganligi aks etgan video tarqaldi.

 Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, yo`lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat qilish xodimlari  tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o`tkazilgan.

Natijada joriy yilning 28 dekabr kuni mazkur qoidabuzarlik "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi 87-sonli yo`nalishda harakatlanuvchi Yutong rusumli avtobus haydovchisi I.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.  

Qayd etilishicha, har bir haydovchiga yo`nalishda tartib intizomni saqlash, yo`lovchi tashish qoidalari va madaniyatiga rioya etish va korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilish, shuningdek, harakat vaqtida uyali aloqa telefonidan foydalanmaslik va tamaki mahsulotini iste`mol qilmaslik bo`yicha yo`riqnoma o`tkazilgan bo`lib, har bir haydovchidan yuqoridagi talablarga rioya etishi yuzasidan kafolat xati olingan.

 Ushbu kafolat xatiga asoslanib, avtobusni boshqarish vaqtida tamaki mahsulotini iste`mol qilib, korxona ichki tartib qoidalarini  buzganligi uchun haydovchiga nisbatan qat`iy chora ko`rilib, haydovchi I.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

    Boshqa yangiliklar