AsosiyDunyo

Eronda Isroil bilan hamkorlikda ayblangan to`rt kishi qatl etildi

'Eronda Isroil bilan hamkorlikda ayblangan to`rt kishi qatl etildi'ning rasmi

Eronning IRNA axborot agentligi xabariga ko`ra, 29 dekabr, juma kuni ertalab Mossad zobitlari boshchiligida mamlakat xavfsizligiga qarshi keng ko`lamli harakatlarni sodir etgan 10 kishidan iborat qo`poruvchilik guruhining to`rt nafar a`zosi sud tartibidan so`ng qatl etilgan.

Qayd etilishicha, mahbuslar Vefa Henare, Aram Omeri, Rahmon Perhazo va Nesim Nemoziy “mamlakatdagi tartibni buzish maqsadida sionistik rejim (Isroil) bilan razvedka hamkorligi orqali zarar etkazish va urush olib borish” bilan bog`liq jinoyatlar uchun qatl etilgan.

Bundan tashqari, mahbuslar Mossad zobitlari bilan videoaloqa orqali to`g`ridan-to`g`ri aloqa qilgani, Tehron, Hormuzg`on va G`arbiy Ozarbayjon viloyatlarida qo`poruvchilik harakatlari, shuningdek, mamlakat xavfsizlik idoralarida ishlagan shaxslarga suiqasd uyushtirgani ma`lum qilingan.

Xuddi shu ish bo`yicha qolgan olti nafar ayblanuvchining har biri “sionistik rejim bilan aloqasi” uchun 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

    Boshqa yangiliklar