AsosiyDunyo

Serdar Ortach oyog`ini yo`qotishi mumkin

'Serdar Ortach oyog`ini yo`qotishi mumkin'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlardagi har bir bayonoti trendga chiqadigan Serdar Ortach, bu safar sog`lig`i haqida bayonot berdi. 

Turk xonandasi ko`p yillar davomida skleroz kasalligi bilan kurashmoqda. Uning aytishicha, xastalik uch marta huruj qilgan, agar yana takrorlansa oyog`ini yo`qotish xavfi borligini ta`kidlaydi.

U oyoq kiyimini echishga qiynalishidan noligan va yaxshi bo`lib ketishiga umid qilishini bildirgan.

Skleroz miya va ko`rish nervlarini shikastlaydigan kasallikdir. Xastalikning miyaga ta`siri tufayli bemor ko`r yoki falaj bo`lib qolishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar