Avtomobil mutaxassislari elektromobil akkumulyatorini ta`mirlashning xavfli ekanini aniqlashdi.
AQSh va Evropadagi avtota`mirlash ustaxonalari elektromobillarning akkumulyatorlarini ta`mirlashga buyurtmalar qabul qila boshlagan. Biroq, malaka va tajribasiz bunday ishni samarali, arzon va xavfsiz bajarish mumkin emas.
Mutaxassislarning fikricha, elektromobil akkumulyatoriga xizmat ko`rsatish smartfon yoki boshqa gajet akkumulyatorini ta`mirlashdan tubdan farq qilmaydi. Biroq, telefonning litiy-ionli akkumulyatorida bitta yacheyka bo`lsa, elektr skuterning akkumulyatorida o`nlab, avtomobilda esa minglab yacheyka mavjud. Elektr avtomobil akkumulyatorlari yuzlab, minglab alohida yacheykalarni o`z ichiga olishi mumkin, ular ko`pincha modullarga o`raladi va keyin batareya paketiga birlashtiriladi. Noto`g`ri ta`mirlansa, yong`in va batareyaning portlashi xavfi mavjud.
AQShdagi kichik avtomobil ta`mirlash ustaxonalaridan birining egasi Richu Benuaning aytishicha, Tesla akkumulyatorini almashtirish narxi taxminan 15 ming dollarni tashkil qiladi. Batareyani ta`mirlash ham qimmat, lekin bu pulni tejash imkonini beradi – mutaxassis uni 10 ming dollarga baholagan.
Scientific American jurnalistlarining fikricha, elektromobil ishlab chiqaruvchilar iste`molchilarning akkumulyatorlarni ta`mirlashi bilan qiziqishmaydi. Bundan tashqari, na AQShda, na Evropada avtomobil ishlab chiqaruvchilarni bunga majbur qiladigan qonunlar hali mavjud emas. Ekspertlar bunga misol tariqasida akkumulyator yacheykalari ko`pincha shikastlanmasdan qismlarga ajratilmaydigan plastik korpus bilan yopilganligini ta`kidlashdi.
“Ko`plab avtomobil ishlab chiqaruvchilar bor, ularning akkumulyator qutisiga kamroq zarar etgan bo`lsa ham, batareyani ta`mirlashga ruxsat berishmaydi”, deya ma`lum qildi Germaniya sug`urta assosiasiyasi vakillari jurnalistlarga. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, batareyani ta`mirlash ham iste`molchi pulini tejash, ham atrof-muhit asrash nuqtai nazaridan ham afzalroqdir.






