Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi qarori bilan chiqindi to`plash va olib chiqib ketishning yangi narxlari tasdiqlandi. Unga ko`ra, to`lov tariflari quyidagi miqdorda bo`ladi:
- qattiq maishiy chiqindi aholi uchun bir kishiga — 4500 so`m;
- yuridik shaxslar uchun bir metr kvadratga 70 ming so`m;
- suyuq maishiy chiqindilarni olib ketish bir metr kvadrat uchun 70 ming so`m etib belgilandi.
Surxondaryoning barcha 15 hududida bir xil narxlar amal qiladi.
Viloyatda chiqindi olib ketish narxlari so`nggi bor 2021 yilda oshgandi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Toshkentda aholi va tashkilotlar uchun chiqindi to`plash va olib chiqib ketish xizmati narxi 1,5−1,6 baravarga — uyda yashovchi har bir kishi uchun oyiga 4500 so`mdan 7500 so`mga, byudjet va xo`jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 53 986 so`mdan 89 966 so`mgacha oshgandi.






