Maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlarining pedagoglariga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.
Joriy yilning 29 dekabrida Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o`tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qaroriga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi. Unga ko`ra:
➖2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Bunda:
➖malaka toifasini olish bo`yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o`tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo`yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi;
➖maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o`tkazishni O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
30.12.2023 20:15
Pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi. Unga ko`ra...






