Joriy yilda Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga Huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot tashkilotlari hamda fuqarolar tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertiza qilish yuzasidan 1671 ta murojaat kelib tushdi.
Ushbu murojaatlar asosida taqdim qilingan farmasevtika mahsulotlari o`rnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o`tkazildi. Tahlil natijalariga ko`ra:
- 6 304 turdagi 1 334 598 o`ram dori vositalarining tibbiyot amaliyotida qo`llash mumkin emasligi;
- 2288 turdagi 542 709 o`ram dori vositalarining muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi;
- 241 turdagi 11 747 o`ram dori vositalari yorliqlash ko`rsatkichi bo`yicha nomuvofiqligi;
- 152 turdagi 1278 o`ram dori vositalari yaroqlilik muddati o`tganligi;
- 68 turdagi 7029 o`ram dori vositalarining qalbakilashtirilganligi aniqlanganligi to`g`risida ekspertiza xulosalari berilgan.
Hamda ushbu sifasiz, qalbakilashtirilgan hamda O`zbekiston Respublikasiga noqonuniy kirib kelgan farmasevtika mahsulotlari aylanmasining oldi olingan.






