Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi yangi yil bayrami va dam olish kunlari ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olishda rioya qilinadigan zarur talablarni ma`lum qildi.
Shu kunlarda oila boshliqlari va uy bekalari tomonidan ushbu kunga tayyorgarlik ko`rish munosabati bilan savdo do`konlari, bozorlar va shu kabi oziq-ovqat mahsulotlarining savdosi uchun tashkil etilgan yarmarkalardan xarid qilish uchun yaxshi kayfiyatlarda u yoki bu kabi mahsulotlarni xarid qilishga shoshilib bayram dasturxonini turli xil egulik va ichimliklar bilan bezash xarakatiga tushib qolganmiz.
Qo`mita tomonidan har bir mahsulotni xarid qilishda faqat ularni ruxsat etilgan joylardan xarid qilishni, qolaversa ularning sifatiga kafolat beruvchi hujjatlari mavjudligiga ishonch hosil qilish tavsiya qilinmoqda.
Xususan, mahsulotlarning iste`molga yaroqlilik muddatlari, ularga xos belgilari o`zgarmaganligi, aynimaganligi kabi belgilariga e`tiborli bo`lishimiz kerak.
Vahonalki ba`zi bir uy bekalar tomonidan bayram dasturxoni uchun qo`yiladigan eguliklar, har-xil turdagi issiq va sovuq gazaklar, shirinliklar, taomlar va ichimliklar xaddan tashqari ortig`i bilan tayyorlanib, bir vaqtning o`zida ularning bir-biriga mos yoki mos emasligiga e`tibor bermasdan fuqarolarimiz tomonidan iste`mol qilinishi oshqozon ichak faoliyatining buzilishi, vaqtida xazm bo`lmasligi oqibatida kutilmaganda aynan inson omilining ta`sirida u yoki bu ko`rinishdagi kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo`lmoqda.
Qolaversa ushbu dasturxon atrofida yig`ilganlar orasida yosh bolalar va yoshi kotta otaxon va onaxonlarning sog`ligiga xavf solishi ehtimoldan holi emas.
Siz bilan biz shu narsani doimo yodda tutishimiz kerakki har bir oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlarni iste`mol qilishimizda har birimizning yoshimizga e`tiborli bo`lishimiz shart.
Shu narsani unitmaylikki birgina bayram munosabati bilan me`yoridan ortiq, moneligi bo`yicha bir-biriga mos bo`lmagan taomlarni bir vaqtning o`zida iste`mol qilish tavsiya etilmaydi.
Keyingi vaqtlarda aholi o`rtasida aynan inson omiliga bog`liq bo`lgan holatlarda, qolaversa uy sharoitlarida tayyorlangan va germatik idishlarga qadoqlangan konserva mahsulotlarini iste`mol qilish oqibatida ovqatdan zaharlanishning eng og`ir turlaridan bo`lgan “BOTULIZM” kasalligi qayd etilayotganligidan OAV orqali barchamiz xabardormiz va ayrim insonlarning hayotdan erta ketishiga sabab bo`layotganligi afsuski uchrab turipti.
Shu kabi ko`ngilsizliklarning oldini olish maqsadida avvalom bor konserva mahsulotlarini uyda tayyorlamaslik, maboda shu kabi mahsulotlarni dasturxonda ko`rganingizda iste`mol qilmaslik tavsiya etiladi.
Yangi yilni ko`tarinki kayfiyatda kutib olish uchun shu kabi tavsiyalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.






