Saida Mirziyoeva o`zbekistonliklarga Yangi yil bayram tilaklarini bildirdi.
"Yangi yil – oila davrasida nishonlanadigan eng muhim bayramlardan biri. Bu ayyom bizga bolalik davrimizni, yangi yil mo`jizasini intizorlik bilan kutganimizni, qor o`ynaganlarimizni, o`sha paytlardagi sehrli lahzalarni eslatadi. Biz Qorboboga ishongan, qor xatlar yozgan, bir-birimizga yangi yil omadli kelishini tilagan damlarimiz…
Mening sizlarga tilagim – oilangiz barcha tashvishlardan himoya qiluvchi ishonchli qo`rg`oningiz bo`lsin. Yangi yilning har kuni o`zaro anglashuv, mehr-muhabbat, hayotimizdagi eng oliy ne`mat - oilaga tayanch bo`lish naqadar muhimligini eslatib tursin.
Farzandlar kulgisi xonadoningiz fayzi bo`lsin, o`ylagan barcha niyatlaringiz esa ro`yobga chiqsin.
Yangi yil muborak!", - deydi S.Mirziyoeva.






