Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi to`g`risida”gi Qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.
Unga ko`ra, Konstitusiyaviy sud referendumga chiqarilayotgan masalalarning Konstitusiyaga muvofiqligi to`g`risida xulosa beradi.
Konstitusiyaviy sud mazkur toifadagi masalalar bo`yicha tegishli hujjatlar olingan kundan e`tiboran 15 kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi.
Shuningdek, kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, Konstitusiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.
13.01.2024 16:54
Konstitusiyaviy sud sudyalarining vakolat muddati o`zgardi






