AsosiyJamiyat

AOKA jurnalist ishi bo`yicha prokuraturaga so`rov xati yubordi

'AOKA jurnalist ishi bo`yicha prokuraturaga so`rov xati yubordi'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining Nuz.uz internet sayti muxbiri Mixail Dovlatov bilan bog`liq holatga huquqiy baho berish haqidagi so`rov xati ijro uchun qabul qilindi.  Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Aniqlanishicha, sudning qaroriga muvofiq, "Novosti Uzbekistana” internet-nashri muxbiri Mixail Dovlatovning harakatida ma`muriy huquqbuzarlik alomatlari yo`qligi sababli, unga nisbatan yuritilgan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish tugatilib, jurnalistning buzilgan huquqi tiklandi.

Jurnalist bilan bog`liq holatga aloqador shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

"Shu o`rinda, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari  faoliyati va jurnalistlarning huquq va erkinliklari qonun bilan qo`riqlanishi haqida yana bir bor eslatib o`tamiz", deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar