AsosiyJamiyat

Baliqchi tumani hokimining ishdan olingani rad etildi

'Baliqchi tumani hokimining ishdan olingani rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Baliqchi tumani hokimi lavozimiga yangi nomzod tayinlangani haqida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati tarqalayotgan xabarlarni rad etdi. 

"Bu xabarlar haqiqatga zid. Rasman bunday o`zgarish bo`lmaganini ma`lum qilamiz. Baliqchi tumani hokimi lavozimida Abdurayimov Jasurbek Odiljonovich faoliyat yuritmoqda.  

Ommaga yolg`on axborotlar tarqatish qonunchiligimizga asosan javobgarlikka tortilishga etarli sabab bo`lishini, eslatib o`tamiz. Shuningdek, matbuot xizmatiga ushbu soxta xabar ortida turli buyurtmalar mavjud ekanligi bo`yicha ma`lumotlar kelib tushmoqda", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar