Joriy yilning 19-21 yanvar kunlari kutilayotgan yog`ingarchilik hamda havo haroratining keskin o`zgarishi sababli respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chish xavfi e`lon qilindi. Bu haqda "O`zgidromet" rahbari Sherzodxo`ja Habibullaxo`jaev o`zining Facebook sahifasida ma`lum qildi.
Ushbu sanalarda kutilayotgan yog`ingarchilik hamda havo haroratining keskin o`zgarishi sababli respublikaning tog`li hududlarida, jumladan:
Toshkent viloyati: Bo`stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog`lari);
Namangan viloyati Pop tumanida qor ko`chish xavfi e`lon qilinadi.
“Tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz”, deyiladi xabarda.






