AsosiyJamiyat

Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi ahbari M.Mirzaevni egallab turgan lavozimidan ozod etildi

'Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi ahbari M.Mirzaevni egallab turgan lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Prezident raisligida eksport, investisiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo`yicha yig`ilish bo`lib o`tmoqda.

Tadbirda Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi ham faqat forumlar o`tkazish bilan cheklanib qolgani tanqid qilindi.

Agentlikning tumanlar kesimida investision xaritasi ham yo`q.

Agentlik rahbari M.Mirzaevni egallab turgan lavozimidan ozod etishga ko`rsatma berildi.

Bosh vazir o`rinbosari J.Xodjaevga har bir hudud va tarmoqdagi o`tgan yilgi qoloqliklarni hisobga olgan holda yangilangan investisiya dasturini kiritish topshirildi.

Investisiya vazirining 3 ta o`rinbosari xorijiy investisiya ko`p talab qiladigan tarmoqlarga, sog`liqni saqlash va transport sohalariga investisiya jalb qilish uchun mas`ul etib biriktirildi.

Yig`ilishda kompleks rahbariyati, tarmoq va hududlar rahbarlari 38 milliard dollarlik, bunga qo`shimcha Energetika vazirligi 15 milliard dollar investisiya jalb qilish bo`yicha rejalarini bayon qildi.

 

    Boshqa yangiliklar